eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarini ijrosini ta’minlashda nazoratni tizimli yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi
    26.04.2021

    2021-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida AKT vazirligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ijrosini ta’minlashda nazoratni tizimli yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari ishtirokida onlayn shaklda oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati ishtirokchilarga Vazirlik tizimida hujjat almashish sxemasi, Vazirlikda qonunlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi bo‘yicha nazorat tashkil etish tartibi, hisobdorlikni tashkil etish sxemasi hamda Vazirligida elektron almashish kelishish sxemasi to‘g‘risida aytib o‘tilgan.

    Seminar so‘ngida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachi tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

    Ma’ruzani quyidagi havola orqali yuklashingiz mumkin.