Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi korxonalari aholi uchun sayyor xizmatlarni ko‘rsatmoqda
    26.04.2021

    Bugungi kunda “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotda keng joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

    Xususan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Yakkasaroy tumanidagi “Abdulla Qahhor”, “Armug‘on”, “Belariq”, “Bobur”, “Boshliq”, “Bog‘saroy”, “Damariq”, “Dilbuloq” mahallalarida aholi uchun sayyor xizmatlar amalga oshirildi.

    Shuningdek, UMS, BEELINE, UZMOBILE, HUMANS, UCELL mobil aloqa kompaniyalari hamda  UZDIGITAL TV va TShTT filiali mutasaddi xodimlari tomonidan aholiga aloqa xizmatlari ko‘rsatildi.

    Uchrashuv davomida, aholi istagan aloqa kompaniyasiga mijoz bo‘lishi, raqamlar xarid qilishi  va o‘zlariga ma’qul bo‘lgan ta’rif rejalariga o‘tishlari tashkil etilib, o‘tkazilayotgan aksiyalardan samarali foydalanish imkoniyati tushuntirib o‘tildi.

    Manba: Axborot xizmati