Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Yaxshiyev Alijon Axrorovich tayinlandi
    26.04.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Yaxshiyev Alijon Axrorovich tayinlandi.

    A. Yaxshiyev shu vaqtga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro filiali direktor o‘rinbosari (tijorat masalalari bo‘yicha) vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Shu bilan birga, A. Yaxshiyev “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro filialida turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    A. Yaxshiyev Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olgan. 1992 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati