Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirining birinchi o‘rinbosari “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etdi
    23.04.2021

    22-23-aprel kunlari Toshkent shahrida “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

    Forumning maqsadi – huquqni rivojlantirish muammolari va zamonaviy tendensiyalarini muhokama qilish uchun yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlarni jamlagan holda ochiq muloqot maydonchasini yaratish, xalqaro huquq hamjamiyatini O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli yuridik islohotlardan xabardor qilishdir.

    Shuningdek, forum doirasida davlat xizmatlari, huquqiy axborotni tarqatish, advokatura va notariatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati