Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT sohasida litsenziyalash jarayonlarini takomillashtirishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
    20.04.2021

    Joriy yil 20-aprel kuni AKT vazirligi markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari hamda hududiy boshqarmalari, shuningdek, Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida litsenziyani olish, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlarga zarur shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Vazirligining Markaziy apparati Litsenziyalash va litsenziya shartnomalari ijrosini tahlil qilish bo‘limining xodim-mutahassislari tashabbusligida o‘quv soati o‘tkazildi.

    Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda tadbirkorlarga telekommunikatsiya sohasida litsenziya olish jarayonida qator qulayliklar yaratilgan. Jumladan:

    • litsenziya berish tartiblari soddalashtirildi, litsenziya olishda taqdim etiladigan hujjatlar to‘rttaga kamaytirildi.
    • litsenziyalar amal qilish muddati chegaralanmagan muddatga rasmiylashtirilmoqda (ko‘chma radiotelefon (uyali)aloqa tarmoqlari hamda teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatidan tashqari);
    • arizalar my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali “Yagona darcha” tamoyili asosida elektron ko‘rinishda qabul qilinib,elektron litsenziyalar rasmiylashtirilmoqda;
    • arizalar ko‘rib chiqish hamda litsenziya berganlik uchun to‘lovlar yagona biling tizimi orqali amalga oshirilmoqda

    O‘quv soatida “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarinitubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 6044-son Prezident Farmoning mazmun-mohiyati ham tushuntirib berildi.

    Ushbu vebinar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.

    Ma’ruzani quyidagi havola orqali yuklashingiz mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati