Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan “Istiqbolli IT loyihalar” tanlovi o‘tkazildi. Loyiha IT Park hamda Toshkent viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur tanlovda viloyat yoshlari o‘zlarining dasturlash va robototexnikaga oid innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, tanlov so‘ngida g‘oliblar AKT vazirligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
Manba: Axborot xizmati