Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ommaviy axborot vositalarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ayrim ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqacha talqinda tarqatilishi to‘g‘risida va ularga aniqliq kiritish bo‘yicha Rasmiy Bayonot
    15.03.2021

    Ommaviy axborot vositalarida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ayrim ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar boshqacha talqinda tarqatilishi to'g'risida so'z olib borilib, ushbu maʼlumotlarga aniqlik kiritish zarur.

    Ushbu tarqatilgan maʼlumotlar, O‘zbekiston Respublikasining Аdliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Senati yalpi majlisida so‘zlagan nutqidan olingan.

    Jumladan, 1 Gigabayt mobil internet (Hindistonda 950 som, Isroilda 1,2 ming som, Qirg‘izistonda 2,2 ming som, Italiyada 4,5 ming som, Ukrainada 4,9 ming som, Qozogʼistonda 5 ming som) O‘zbekistonda esa 16 ming soʼmni tashkil etishini keltirib o‘tgan.

    Taʼkidlab o‘tish joizki, ushbu maʼlumotlar https://www.cable.co.uk/  resursidan olingan.

    Mazkur maʼlumotlar 2020 yilning fevral oyida shakllantirilgan bo‘lib (aniqrog‘i 2020 yil 24 fevral), hozirgi kundagi ko‘rsatkichlarga mos kelmaydi. Shu bilan birga, mazkur resurs tomonidan O‘zbekistondagi operatorlarning aynan qaysi tarif reja yoki paketlari haqida maʼlumot olinganligi ko‘rsatilmagan.

     

    Maʼlumot uchun:

    https://www.cable.co.uk/ resursining maʼlumotlari quyidagi metodologiya asosida shakllantiriladi:

     Har bir davlatdagi barcha aloqa operatorlarining maʼlum xizmati uchun narxlari, ushbu holatda 1 Gigabayt mobil internet trafik narxlari haqida maʼlumotlar olinib, ularning o‘rtacha qiymati (mediana) belgilanadi va reytingga kiritiladi. Tahlil uchun asosan Internet xizmatidan foydalanish uchun mo‘ljallangan tarif rejalar va xizmatlar haqida maʼlumotlar olinadi.

    Hozirgi kunda respublikamiz hududida GSM standarti asosida 6 ta mobil aloqa operatorlari aholiga telekommunikatsiya xizmatlarini koʼrsatib kelmoqda.

    2021 yilning mart oyi xolati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi mobil aloqa operatorlarining 1 Gigabayt internet trafik uchun eng qimmat, eng arzon va o‘rtacha narxlariga to‘xtalib o‘tsam.

    Tahlillarga ko‘ra, bugungi kun holatiga respublikamiz aholisining oylik o‘rtacha internet sarfi 4-5 Gigabaytga tashkil etadi. Аynan shu asosda amaldagi mobil internet paketlari narxlarini tahlik qilsak 1 Gigabayt hajmdagi mobil internet xizmatining oʼrtacha narxi 6-7 ming so‘mni tashkil etmoqda.

    Аholiga qulaylik yaratish maqsadida mobil internet xizmatlari narxlarini yaʼnada arzonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

    Qolaversa, 2019-2021 yillarda operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif mavjud texnik quvvatlarni keskin oshirish hisobiga operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan 1 Megabit/s tezlikdagi kanal narxi 2 barobarga arzonlashtirildi va xozirgi kunda ushbu xizmat narxi 40 000 so‘m deb belgilangan.

    Shu bilan bir qatorda, “Oʼzbektelekom” АK tomonidan 2019-2021 yillarda:

    •        mobil aloqa abonentlari uchun internet paketlari (1 Megabayt uchun) narxlari 5 barobargacha arzonlashdi hamda kiritilgan internet trafigi hajmi o‘rtacha 3-5 martagacha oshirildi, bir qator tarif rejalarida taqdim etiladigan internet trafik miqdori 30 foizgacha orttirildi;

    •        simli internet xizmatlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan internetga keng polosali ulanish xizmatlari tariflari narxi o‘rtacha 4,6 barobarga pasaytirildi va ulanish tezligi 6-7 barobarga oshirildi. Yuridik shaxslar uchun esa internet xizmatlari narxi 3 barobardan ko‘proqqa pasaytirildi, internetga ulanish tezligi esa 4 martagacha oshirildi, barcha abonentlar uchun Uz-IX/Tas-IX tarmoq resurslari orqali foydalanilgan trafik uchun to‘lov olinmaydi, ushbu tarmoqlardan yuqori tezliklarda foydalanish imkoniyati taqdim etildi (misol uchun: tashqi internet tezligi 4 Megabit/s bo‘lgan tarif rejalarda Uz-IX/Tas-IX resurslaridan 100 Megabit/s tezlikda foydalanish imkoni taqdim etilgan).

    Shuningdek, soha operatorlari tomonidan ijtimoiy sohaga ham katta eʼtibor qaratilmoqda, jumladan o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan mobil va simli aloqa xizmatlari uchun maxsus imtiyozli tarif rejalari joriy etilgan. Bundan tashqari, oliy o‘quv hamda sog‘liqni saqlash muassasalari uchun simli internet hamda “Uz-IX” va “Tas-IX” tarmoqlariga ulanish tezligi 1 Gigabit/s.gacha bo‘lgan imtiyozli tarif rejalar amalga kiritilgan.

    2020-yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun, shubhasiz, sermahsul bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan yilda АKT sohasida keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi.

    Optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. 2018 yilda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 26,6 ming kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda esa 72 ming kilometrgacha yetkazildi. Joriy yil oxiriga qadar esa ushbu ko‘rsatkichni 118,6 ming kilomertgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

    Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. 2021-yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9 milliongacha yetkaziladi.

    Mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlarni modernizatsiya qilish ishlari natijasida Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gigabit/s. gacha yetkazildi. Maʼlumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi.

    Mazkur loyiha bo‘yicha ishlarning asosiy qismi yakunlanganligi munosabati bilan, 2021 yil 1 yanvardan transport kanallarini ijaraga berish xizmati joriy narxi 2 barobarga arzonlashtirildi.

    Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishi, o‘z navbatida, munosib ravishda maʼlumotlarni saqlash quvvatlarni talab etadi. Shu maqsadda 2020 yilda 5 Petabaytga teng sig‘imli Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ushga tushirildi.

    Hozirgi kunda Respublika boʼyicha 31,7 mingdan ortiq mobil aloqa baza stantsiyalari mavjud.

    Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2020 yilda mobil aloqa operatorlari tomonidan 5 mingdan ortiq baza stantsiyalar o‘rnatish va modernizatsiya qilish orqali 12 246 ta respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 98 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 90 foizga yetkazildi.

    Ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi Internet bilan taʼminlash doirasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Respublikada 10 154 ta umumtaʼlim maktablari, 5 725 ta maktabgacha taʼlim muassasalari va 3 401 ta sog‘liqni saqlash obyektlari mavjud bo‘lib, joriy holatiga 9 144 ta xalq taʼlimi, 5 725 ta maktabgacha taʼlim muassasalari va 3 401 ta sog‘liqni saqlash obyektlariga jami 17 660 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan.

     

    O‘tgan yilgi Davlat dasturida ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgandi. Boisi bu yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ham ahamiyatlidir.

    Birinchidan, АKT sohasining iqtisodiy koʼrsatkichlari barqarorligini taʼminlash borasida:

    — 11 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi hisobiga 200,5 million АQSh dollardan ortiq, jumladan, 141,4 million АQSh dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.

    Ikkinchidan, raqamli infratuzilmani rivojlantirish borasida:

    — bugungi kunda 5 641 ta mobil aloqa tayanch stantsiyasi ishga tushirilib, ularning umumiy soni 31 740 taga yetkazildi;

     Oldin asosan, telefon so‘zlashuvlari xizmatlarini ko‘rsatuvchi mobil tarmoqlarini kengaytirish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, hozir tarmoq qamrovini oshirish bo‘yicha loyihalar internet xizmatlarini kengaytirish uchun 3G/4G texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Xususan, 2020 yilda 5 641 ta mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatilib ishga tushirildi, bundan tashqari 3 600 ta 2G baza stantsiya 3G/4G standartiga modernizatsiya qilindi.

    Eng ilg\‘or texnologik ishlanmalarni joriy etishga ham katta eʼtibor qaratildi. 2019 yil sentyabrdan ikkita mahalliy mobil operator — “UZMOBILE” hamda “Ucell” 5G texnologiyasini test sinovidan oʼtkazishni boshlagani va bugungi kunda Toshkent shahrida 15 ta baza stantsiyasi test tartibida ishlab turgani shundan dalolat beradi.

    Shu o‘rinda barcha vazirlik idoralari rahbarlaridan oddiy xodimlarigacha Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taalluqli maʼlumotlardan foydalanilayotganda vazirlikning rasmiy maʼlumotlaridan foydalanishi maqsadga muvofiq ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi har doim Ommaviy axborot vositalari vakillari  bilan hamkorlikda ishlashga tayor ekanligigni ma’lum qiladi.