eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi
    09.02.2021

    2020 yil 29-dekabr kuni Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida bu yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qildilar.

    Prezidentimiz 2020 yil 25 dekabr kuni Yoshlar forumida yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, yoshlarga, ularning kuch-g‘ayratiga va azmu shijoatiga suyanishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

    Forumda juda ko‘plab sohalar qatori axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi oldiga ham bir qancha vazifalar qo‘yildi. Ana shu vazifalardan kelib chiqqan holda Vazirlik o‘z oldiga muhim vazifalarni belgilab oldi.

    Shundan kelib chiqib, bugun 13 fevral kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) majmua shou-rumida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya tizimlarida faoliyat yuritayotgan hamda soha tizimidagi o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlari o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

    Ommaviy axborot vositalari xodimlarini mazkur tadbirga taklif qilamiz!