Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgani to‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi
    03.01.2021

    4-yanvar kuni O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zТТВRМ” DUK hamda Davlat Bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi  mas’ul mutahassislari ishtirokida matbuot anjuman bo‘lib  o'tdi.

    Matbuot anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi xududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 828-son qaroriga muvofiq mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgani to‘g‘risida masalalar muhokama qilindi.