Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Samarqand filialida inkubatsiya markazi ochildi
    14.04.2021

    Bugun, 14 aprel kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida inkubatsiya markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda  O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi. Markaz IT-Park bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Inkubatsiya markazi oliy o‘quv yurti o‘qituvchi va talaba yoshlarining innovatsion g‘oyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

    Markazda filial o‘qituvchilari ham o‘z loyihalar taqdimotini o‘tkazishdi. Ishchi guruh a’zolari filial data markazi, kompyuter sinfxonasini ko‘zdan kechirishdi. AKT vaziri oliy ta’lim muasasasi professor xodimlari bilan suhbatlashdi, ularning ilmiy izlanishlari haqida surishtirdi.

    – Ilmiy daraja olish har bir yosh xodim uchun juda zarur, – dedi Shuhrat Sodiqov. – Ilmli ustozgina yoshlarni orqasidan ergashtira oladi. Albatta, ilmiy izlanishni, ixtirochilikni rag‘batlantirib borishdan aslo charchamaymiz.

    AKT vazirligi ishchi guruhi Samarqand viloyatidagi soha korxona, tashkilotlari va muassasalari faoliyatini o‘rganishda davom etmoqda.

    Manba: Axborot xizmati