Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi Ulug‘ ayyom- “Ramazon oyi” bilan samimiy muborakbod etadi!
    12.04.2021

    Bu oy barcha musulmonlar uchun poklanish oyidir. Shu sababli, Ramazon oyida insonlar bir biriga mehr-oqibatli bo‘lish, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va ahillik muhitini mustahkamlash, muhtaram nuroniylar, ayollar va bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ehtiyojmand insonlarga beg‘araz yordam berish kabi savobli ishlarni qilishga oshiqadilar.

    Ramazoni sharif oylarning sultonidir. Barchamizga ushbu oyda oilaviy xotirjamlik, barcha niyatlar va ezgu duolar ijobatini tilaymiz.

    Ishonamizki, din-u diyonatimiz va zamon ruhini qalbimizga chuqur singdirib, bugungi hayotning o‘tkir talabi bo‘lgan ilm-fan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollanib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida astoydil xizmat qilsak, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga, albatta, yetamiz.

    Muborak Ramazon oyi barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!

     

    Manba: Axborot xizmati