Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
    09.04.2021

    Andijon viloyati aholisi uchun AKT vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

    Sayyor qabulda Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarning viloyatdagi tarkibiy bo‘linmalari hamda mobil aloqa operatorlari viloyat bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shu bilan birga mobil aloqa operatorlarining ko‘chma savdolari va aksiyalari tashkil etildi.

    Qabul davomida soha doirasida olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

    Sayyor qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joyida hal etilib, o‘rganish talab yetiladigan murojaatlar nazoratga olindi va o‘rganib chiqish uchun tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati