Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Bir million dasturchi” loyihasi yuzasidan onlayn vebinarlar o‘tkazilishi bo‘yicha ma’lumot
    07.04.2021

    Bir million dasturchi” (One Million Uzbek Coders) loyihasi doirasida Vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari hamda hududiy boshqarmalari, shuningdek, Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari uchun “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturlash asoslari yo‘nalishi bo‘yicha onlayn o‘quv kurslarini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda ularga zarur shart-sharoitlar yaratish kadrlar malakasini oshirish borasida ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Vazirlikning ichki hujjatiga asosan Vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari hamda hududiy boshqarmalari, shuningdek, Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari “Bir million dasturchi” loyihasi maqsadi, mazmuni va unda bilim olish tartibi bo‘yicha onlayn vebinarlar o‘tkazilib kelinmoqda.

    Joriy yilning 7 aprel kuni Vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari hamda hududiy boshqarmalari rahbar, xodimlari uchun onlayn vebinar o‘tkazildi.

    Ushbu vebinar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.