Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasining ijrochi direktori bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    07.04.2021

    Bugun 7-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasining ijrochi direktori Hannes Astok bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

    Uchrashuv doirasida mamlakatimiz oʻrtasida elektron hukumat va raqamli rivojlanish yoʻnalishlarida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jumladan davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmatlarni koʻrsatishda elektron almashinuv mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama etildi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni davom ettirish va bu borada ustuvor yoʻnalishlarni koʻrib chiqishga kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati