Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namanganlik “IT Women Uz” bitiruvchilari taqdirlandi.
    31.03.2021

    Namangan shahar "Yoshlar markazi"da IT Park, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish hamda Mahalla va oilalarni qo'llab-quvvatlash vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “IT Women Uz” loyihasi asosida tahsil olgan Namangan viloyati xotin-qizlariga tantanali ravishda sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi.

    Tadbirda IT Park viloyat filiali direktori M.Ubaydullayev, viloyat hokimining xotin-qizlar bo'yicha maslahatchisi I.Qo'chqarova, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi M.Abdullaxanova shuningdek,  bir qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

    Mazkur loyihada ishtirok etgan xotin-qizlar axborot-texnologiyalari sohasida o'z faoliyatini boshlashlari hamda bandligi ta'minlanishiga zamin yaratib berilganligi uchun tashkilotchilarga minnatdorchiliklarini  bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati