Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Iqtidorli yoshlar o‘rtasida xakaton ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
    30.03.2021

    Qashqadaryo viloyatida oliy ta’lim muassasalari talabalari va iqtidorli yoshlar o‘rtasida “Hack4region” xakaton ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

     Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” MCHJ va viloyat oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda viloyatda  talabalar va iqtidorli yoshlar o‘rtasida xakaton ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

    "Hackathon" so‘zining o‘zi bu ikki so‘zning birlashmasidan kelib chiqqan atama: xaker va marafon. bugungi kunda xakatonlar endi xakerlikka tegishli emas, ular shunchaki dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning turli yo‘nalishlari mutaxassislari (dasturchilar, dizaynerlar, menejerlar) ning kichik guruhlari birgalikda muammoni hal qilishda ishlaydigan "dasturchilar marafoni". Odatda xakatonlar bir kundan bir haftagacha davom etadi. 

    Qoida tariqasida xakatonning vazifasi to‘liq dasturiy ta’minotni yaratishdir, ammo ta’lim yoki ijtimoiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan xakatonlar ham mavjud. Bunday xakatonlarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun veb-xizmatlar (mobil ilovalar, veb-saytlar, veb-ilovalar, infografika) ishlab chiqiladi. Xakaton va fuqarolik faollari va IT mutaxassislarining birgalikdagi faoliyati natijasi kelajakdagi dasturning prototipi emas, balki ishga tushirishga tayyor bo‘lgan minimal hayotiy mahsulot – bu g‘oyani sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan dasturning birinchi versiyasi hisoblanadi.

    Xakaton ko‘rik-tanlovidan ko‘zlangan asosiy maqsad, iqtidorli talaba va yoshlarni aniqlash, aniqlangan muammoni jamoa bo‘lib hal qilish, g‘oyalarini amaliyotga joriy qilish va kelajakda ushbu g‘oyalar qaysi soha bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z samarasini berishidir.

    Mazkur ko‘rik-tanlov bo‘yicha joriy yilning 17-25 mart kunlari 168 nafar yosh ro‘yxatdan o‘tdi hamda joriy yilning 27-28 mart kunlari Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshidagi “Inkubatsiya va akseleratsiya” markazida 23 ta jamoa o‘rtasida xakaton ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Quvonarli jihati shundaki, ushbu jamoalar orasida Qarshi shahridagi 11-son maktab o‘quvchisi Turabek Oripovning ishtiroki barcha ishtirokchilarga mamnuniyat baxsh etdi va “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi”da bepul ta’lim olish uchun sertifikat bilan taqdirlandi. Talabalar va yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning imkoniyatlarini yanada yaxshilash, innovatsion g‘oyalari va biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan tanlov har jihatdan manfaatli kechdi.

    Ko‘rik tanlov yakunida, har bir jamoa o‘z loyihalarini hay’at a’zolari oldida taqdimotlari himoyasini o‘tkazdi va baholash natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin “Bek-Shoh”, 2-o‘rin “E-government”, 3-o‘rin “Onlinedoc.uz” jamoalariga nasib etdi. Ularga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati