O‘zbekiston raqamli rivojlanishida ustuvor vazifalaridan biri 2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga koʻpaytirish, 2023-yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazishdir. Ushbu muhim vazifani amalga oshirishda mazkur sohani rivoji uchun kerakli shart-sharoit yaratish va IT tadbirkorlikni qullab-quvvatlash muhim o‘rin tutadi.
Shundan kelib chiqib “Narodnoe slovo” gazetasining 7-oktabr kungi 210-sonida “Основа для активной цифровизации” nomli maqola chop etildi.
Mazkur maqolada «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida optik tolali aloqa kabellarini ishlab chiqaruvchi "Global Optical Communication Uzbekistan" ("GOC-UZ") MChJ Qo‘shma korxonasining yangi ishlab chiqarish hududida poydevor qo‘yish marosimi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Maqola rus tilida tayyorlangan bo'lib, uni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin. Maqolaning gazeta ko'rinishidagi to'liq matni.
Manba: Axborot xizmati