Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yagona portalning yangi talqindagi mobil ilovasi ishga tushirildi
    16.03.2021

    Raqamlashtirish jarayonlarida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga elektron hukumatning tamoyillarini keng joriy qilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida nafaqat vaqtni, mehnat va moliya harajatlarni tejashga yordam beradi, eng asosiysi, fuqarolarimiz uchun qulaylik yaratib beradi, ularga qator xizmatlarni tezkor ravishda taqdim etishga zamin yaratadi.

    Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi (https://my.gov.uz). O‘tgan yillar mobaynida mazkur tizim sifati va imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirildi.

    Mazkur ishlarni izchillik bilan davom etirishsh maqsadida Yagona portalning mobil ilovasi ham yaratilib ishga tushirildi.  

    Mobil ilova foydalanuvchilari qanday imtiyozlarga ega? Foydalanuvchilar o‘z shaxsiy ma’lumotlarni qulay va avtomat tarzda to‘ldirishga, hujjat va ma’lumotlarni uchinchi shaxsga taqdim etishga, Elektron hukumat xizmatlaridan foydalanishda vaqtida xabardor bo‘lish va to‘lovlarni tezkorlik bilan to‘lashga ega bo‘ladi. E’tiborlisi, joriy etilgan xizmatlarda elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

    Mobil ilova orqali avtomat tarzda, bir zumda quyidagi ma’lumotlarni olish mumkin:

    • yashash joyi bo‘yicha, soliqdan qarzi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
    • pensiya haqida ma’lumot;
    • hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida ma’lumot;
    • masofadan turib, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish;
    • STIRni aniqlash;
    • hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish: elektr energiya, issiq suv, ichimlik suvi.

     

    Mazkur ilovani quydagi havolalar orqali yuklab olish mumkin:

    Google Play https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.mygov

    App Storehttps://apps.apple.com/uz/app/mygov-uz/id1544175166

     

    Manba: Axborot xizmati