Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi
    13.03.2021

    13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan butun mamlakat bo‘ylab “Obod va korkam mahallam” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkazildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari mazkur tadbirda faol ishtirok etdilar.

    Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yoygan ushbu yirik aksiya “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, hududlarning epidemiologik osoyishtaligini saqlash, sog‘lom turmush tarzi va sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib etgan holda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

    Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida Vazirlik  hududi obodonlashtirildi, yo'lak va ariqlar chiqindi va shox-shabbalardan tozalanib, tartibga keltirildi. Vazirlikning barcha tarkibiy tuzilmalari va hududiy boshqarmalari xodimlari hasharda faol ishtirok etdilar.

    Ko‘kalamzorlashtirish, obodlik va ona tabiatga mehr timsoli bo‘lgan hashar tadbirlari vazirlik jamoasining ahil-inoqlik, birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ularini yanada jonlanishiga katta  hissa qo'shadi.

     

    Manba: Axborot xizmati