Аndijon davlat universitetida “Digital science” IT-Inkubatsiya markazi ochildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Аndijon viloyati xududiy boshqarmasi va Аndijon davlat universitetining axborot texnologiyalari rahbar va xodimlari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda АKT sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdilar.
IT-Inkubatsiya markazi so‘nggi rusumdagi kompyuter jamlanmasi va dasturiy taʼminot vositalari, 3D printer va multimedia jihozlari bilan taʼminlangan. Kelgusida ushbu markaz AKT sohasiga qiziquvchi talabalar uchun bepul mashg‘ulotlar, musobaqa va seminarlar o‘tkazish, shuningdek, universitet talabalarining startap loyihalarini yuzaga chiqarish, ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga yordam beradi.
Markazning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan talabalar hamda yosh olimlar tomonidan tayyorlangan IT loyihalar bilan tanishildi hamda loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Manba: Axborot xizmati