Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) Qashqadaryo faol yoshlari uchun inkubatsiya dasturida qatnashish uchun arizalar qabuli boshlanganligini e’lon qildi. Mazkur dastur mutaxassis va tadbirkorlar o‘qitish va tavsiyalari ko‘magida yoshlarning startap g‘oylarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Dasturning afzalliklari:
Dastur doirasida ta’lim jarayoni Qashqadaryo viloyatining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi davlat universiteti, Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali, Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining inkubatsiya markazlarida amalga oshiriladi.
O‘qish jarayoni 1,5 oy davom etadi. O‘qish yakunlangandan so‘ng ishtirokchilar o‘zlarining tayyor mahsulotlarini investorlarga namoyish etadilar.
Dasturda qatnashish uchun barcha xohlovchilar arizarni quyidagi havolalar orqali topshirishlari mumkin:
Arizalar qabulining oxirgi muddati: 2021-yil 13-fevral.
Manba: Axborot xizmati