Bugun 29 yanvar kuni Samarqand shahridagi 9-son umumta’lim maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib ot‘di.
Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J.Maxsudov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi direktori O.Omonov, Xalq ta’limi vazir o‘rinbosari R.Karimjonov, “Uzinfocom Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ direktori E.Gimranov, Samarqand viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.Urakov, viloyat hokimi o‘rinbosari X.Ochilov, viloyat faollari hamda 200 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.
Mazkur maktabni tashkil etish uchun yaqin oylar ichida informatika va robototexnika sinf xonalari tashkil etildi. Ushbu sinfxonalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi, «UZINFOCOM» davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» MChJ va viloyat hokimligi tomonidan zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlandi hamda mebel jihozlari, kompyuter texnikasi, robototexnika va boshqa qurilmalar bilan jihozlandi.
Bu yilgi o‘quv yili uchun 5-sinfga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tib, imtihon natijalariga asosan 60 nafar o‘quvchilar maktabga qabul qilindi. Mazkur o‘quvchilarga informatika fanini chuqurlashtirib o‘qishlari, soha korxona va tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishishlari va amaliyot o‘tashlari imkoniyati yaratib beriladi.
Manba: Axborot xizmati