Andijon mashinasozlik institutida robototexnika bo‘yicha “Rektor CUP 2021” Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa chiziq bo‘ylab harakatlanuvchi robotlar hamda foydali model yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi. Unga respublikamizning turli viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasa talabalari, yosh pedagoglar va IT-mutaxassislari jalb etildi.
Kun davomida qizg‘in va murosasiz kechgan baxslar yakunida ikki «ROBO SUMO» yo‘nalishida TATU Nukus filiali 1-kurs magistranti J.Dauletnazarov va «ROBOTLAR POYGASI» yo‘nalishida 3-kurs talabasi B.Xamidovlar 1-o‘rinni sohiblari bo‘ldi.