Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Endilikda ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish uchun arizani onlayn topshirish mumkin
    12.03.2021

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tizimiga “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati joriy etildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali uy-joy bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-son Farmoni bilan davlat byudjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida 2021 yilda yangi tartibda ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

    Shu munosabat bilan endilikda YaIDXPda “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” davlat xizmati ishga tushirildi.

    Mazkur xizmatdan quyidagi havola orqali foydalanish mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/325.

     

    Manba: Axborot xizmati