Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi xodimlariga AKT Vazirligi buyruq loyilalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish tartibi boʼyicha ma’lumot berildi
    05.03.2021

    2021-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida AKT Vazirligi buyruq loyilalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish tartibi boʼyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yuridik bo‘limi bosh yuristkonsulti A.Anorboyev ishtirokida onlayn shaklda oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati ishtirokchilarga Vazirlik buyruqlari turlari, uni qabul qilish bo‘yicha me’yorlari va talablari, ularni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish bosqichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

    Seminar so‘ngida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachi tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati