Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi xodimlari sanitariya, gigiyena va tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar
    22.02.2021

    2021-yil 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mehnat muhofazasi boyicha qonunosti hujjatlariga kiritilgan ozgartirishlar va sanitar-profilaktik qoida meyorlari togrisidamavzuidagi oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    Ma’ruzachilar – ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi L. Isakova hamda Sanitariya, gigiyenva va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Yo. Nurullayev xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida tinglovchilarga batafsil ma’lumot berishdi.

    Seminar so‘ngida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachi tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

    Ma'ruzalarni quyidagi havola orqali yuklashingiz mumkin.