eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi xodimi “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
    04.03.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vazirligi bosh hisobchisi Xilola Abidova Abduraximovna “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

    Mazkur ko‘krak nishoni ta’sis etilganidan buyon har yili 8 mart — Xalqaro xotin qizlar kuni arafasida topshirish an’anaga aylandi. Jamiyat hamda davlat hayotida faollik, tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi, farovonligi, mustahkamlanishi, shuningdek, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga ushbu nufuzli mukofot topshiriladi.

     

    Manba: Axborot xizmati