Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Termiz shahrida UZTELECOM ning zamonaviy ofisi ishga tushdi
    04.03.2021

    Termiz shahrida UZTELECOM Milliy operatorining yangilangan, zamonaviylashtirilgan savdo va xizmat ko'rsatish ofisining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

    Bayram tantanasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, kompaniya va Surxondaryo filiali rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir mehmonlariga ofis bilan tanishish safari o'tkazildi.

    O'zMobayl filialining savdo va xizmat ko'rsatish ofislari rekonstruktsiya qilish loyihasining asosiy konsepsiyasi - abonentlar uchun qulay ofislarni yaratishdir. Endi ular UZTELECOM Milliy operatorining barcha xizmatlarini, ya'ni uy Internetidan tortib mobil aloqagacha bo'lgan xizmatlarni bir joyda, joylashgan hududidan qat'iy nazar, bir xil darajada tez va qulay tarzda ulash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Loyiha rejasiga ko'ra, Respublikamizning barcha viloyatlarida yangilangan ofislar bir xil Eco Hi-tech uslubida loyihalashtiriladi va xizmat ko'rsatish sifatini oshirish uchun zamonaviy texnologik yechimlar bilan jihozlanadi.

     

    Manba: Axborot xizmati