eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Tayloq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
    02.03.2021

    Joriy yil 2 mart kuni Samarqand viloyati, Tayloq tumani hududida joylashgan 29-son musiqa maktabi binosida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Tayloq tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

    Sayyor qabul davomida 2020 yil davomida Samarqand viloyati, shu jumladan Tayloq tumani bo‘yicha soha yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda 2021 yil mobaynida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida yig‘ilganlarga maʼlumotlar berildi.

    Oʼtkazilgan sayyor qabulda, 200 nafardan ziyod jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etib, soha yuzasida o‘zlarini qiynayotgan muammo va shikoyatlari hamda takliflarini bildirdi.

    Sayyor qabul davomida fuqarolardan telekommunikatsiya, mobil aloqasi, radiotelevidenie, axborot texnologiyalari yo‘nalishida, maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish, axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul va o‘quvchilarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida murojaatlar bildirildi.

    Qabul davomida jami 51 ta murojaat kelib tushdi, 21 ta murojaat ijobiy hal qilindi va 30 ta murojaat nazoratga olindi.

    Shu bilan birga, viloyatning Tayloq tumanida “5 ta muhim tashabbus” doirasida “Raqamli texnologiyalar” o‘quv markazi, Samarqand shahridagi 9-sonli umumtaʼlim maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilgan bo‘lib, ushbu markaz va maktabning o‘quv jarayoni hamda Bulung‘ur tumanida 2021 yil aprel oyi yakuniga qadar “Raqamli texnologiyalar” o‘quv markazini tashkil etish boʼyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

     

    Manba: Axborot xizmati