eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Urganch shahrida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
    02.03.2021

    Joriy yil 2 mart kuni Xorazm viloyati Urganch shahri hokimligida Xorazm viloyati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomiga mas’ul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish, shaxsiy masʼuliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash boʼyicha oʼquv-amaliy seminar boʼlib oʼtdi.

    Oʼquv-amaliy seminarda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari va topshiriqlarini rasmiylashtirish, ularning ijrosini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi” to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga maʼlumot berib o‘tdi.

    O‘quv-amaliy seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berib o‘tdi.

    Mazkur seminarda Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati