Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati Vobkent tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
    01.03.2021

    Buxoro viloyati Vobkent tumani aholisi uchun O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

    Sayyor qabulda Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarning viloyatdagi tarkibiy bo‘linmalari hamda mobil aloqa operatorlari viloyat bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.

    Tadbirda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida sohada olib borilayotgan ishlar va yangiliklar to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tdi.

    Sayyor qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joyida hal etilib, o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi va o‘rganib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati