Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida Birinchi xalqaro taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi
    01.03.2021

    Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi taʼlim jarayoniga xorijiy tajribani joriy etish dolzarb masalalariga bag‘ishlangan Birinchi Xalqaro taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi.

    Forumni o‘tkazish maqsadi — oliy o‘quv yurtlarida akkreditatsiya, litsenziyalash va kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha universitetlar o‘rtasida tajriba almashishdir. Unda 200 nafarga yaqin mehmonlar, mamlakatimizdagi 50ta universitet rektorlari ishtirok etishdi.

    Yalpi majlis va davra suhbatlari davomida o‘quv jarayonini o‘zgartirish, akkreditatsiyadan o‘tish, kredit-modul o‘qitish tizimiga o‘tish masalalari muhokama qilindi. Universitetlar o‘zlarining tajribalari va mavjud o‘qitish modellarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarining taqdimoti qilindi. Tadbir davomida forum spikerlari bilan munozaralar va suhbatlar tashkil etildi.

     

    Manba: Axborot xizmati