Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZTELECOM voleybol jamoasi Farg'onada bo'lib o'tgan Respublika turnirida birinchi o'rinni egalladi
    18.02.2021

    Joriy yilning 10-16 fevral kunlari Farg'ona shahrida O'zbekiston Voleybol federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan erkaklar o'rtasida voleybol bo'yicha 27 - O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi. UZTELECOM jamoasi ushbu respublika turnirida mamlakat kubogini qo'lga kiritib, birinchi o'rinni egalladi.

    Shuni ta’kidlash kerakki, uzoq yillar davomida "O'zbektelekom" AK kompaniyaning filiallarida va respublikamiz hududida o’z xodimlari o'rtasida sport madaniyatini shakllantirish orqali O'zbekistonda sportni rivojlantirishda har tomonlama ko'mak berib kelmoqda. 2019-2020 yilgi mavsumda voleybol bo'yicha Oliy ligadagi O'zbekiston XXVIII chempionatining natijalariga ko'ra "O'zbektelekom" AK jamoasi yana bir bor O'zbekiston chempioni bo'ldi.

     

    Manba: Axborot xizmati