Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash – asosiy maqsad
    15.02.2021

    Joriy yil 12-14 fevral kunlari barcha vazirliklar, idoralar hamda yirik tashkilotlarning sport targ‘ibotchilari, shuningdek 20 nafardan ortiq ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida Chimyondagi “Yoshlar oromgohi”da qishki va boshqa sport turlari bo‘yicha “Chimyon-EXO-2021” eko-sayyohlik sport festivali hamda “Chimgan ekstrim” qishki ekstremal sport turlari bo‘yicha “Chimgan challenge” sport musobaqalari o‘tkazildi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining sport targ‘ibotchilari ham faol ishtirok etishdi.

    Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad Prezidentimimizning “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari, “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ijrolarini ta’minlashga qaratilgan.

    Festival davomida bir necha yo‘nalishda musobaqalar o‘tkazildi va muvaffaqiyatli ishtirok etgan havaskor sportchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

     

    Manba: Axborot xizmati