Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati Vobkent tumanining “o‘sish nuqtalari” belgilandi
    11.02.2021

    2021 yil 21-22 yanvar kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashriflari davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati shahar va tumanlarida “o‘sish nuqtalari”ni ta’minlashga mas’ul sifatida biriktirilgan.

    Shu maqsadda joriy yil 11 fevral kuni Vobkent tuman hokimligida AKT vazirligi Ishchi guruhi tomonidan tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbar va vakillari bilan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

    Uchrashuv davomida Vobkent tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar faoliyatida axborot tizimlarini joriy qilish orqali aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda rejalar muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

     

    Manba: Axborot xizmati