Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” AK eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar Top-10 likka kirdi
    10.02.2021

    Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspektsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil sarhisobi natijasida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi respublika bo‘yicha eng ko‘p soliq tushumlarni amalga oshirgan yirik soliq to‘lovchilar o‘rtasida joy oldi.

    Umumiy byudjetga kelib tushgan soliq tushumlardan Milliy aloqa operatoring ulushi 2 foiza teng keldi. Bu esa “O‘zbektelekom” AK ning mahalliy AKT bozorida ahamiyatli o‘rnini egallashda va davlat rivojiga munosib hissani qo‘shishdan dalolat beradi.

    Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, o‘tgan 2020 yil yakunlariga ko‘ra, respublika miqyosida jami soliq tushumlari miqdori 103,6 trillion so‘mni tashkil etgan. Shundan 67,7 trillion so‘m miqdordagi soliq tushumlari aynan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati