Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Turkiy tilli davlatlar hamkorligi mustahkamlanmoqda
    09.02.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos mamlakatimizga tashrif buyurgan  Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotib Bag‘dat Amreev bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida Turkiy  kengashga a’zo mamlakatlar Turkiy tilli davlatlar hamkorlik  kengashi faoliyati doirasida manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

    Tomonlar ta’kidlaganidek, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq, do‘stona siyosat Turkiy Kengash a’zolari bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan turli sohalarda, shu bilan AKT sohasida ham, mustahkam va samarali aloqalarni o‘rnatishga zamin yaratadi.

     

    Manba: Axborot xizmati