Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Nukus filiali talabalari davlat stipendiatlari bo‘ldi
    05.02.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabalari nufuzli Davlat stipendiyalarining sohiblari bo'ldi.

    TATU Nukus filiali “Dasturiy injiniring” fakulteti talabasi Nurniyazov Arman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi.

    Bundan tashqari, mazkur fakultetning yana bir vakili, 4-kurs talabasi Jaksulikov Shariyar Beruniy Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

    Mazkur yutuqlar yurtimizda AKT sohasiga va ushbu yo‘nalishda IT mutaxassislarni tayyorlashga yuksak e’tibor qaratilayotganini dalolat beradi, O‘zbekistonda yetakchi AKT sohasidagi oliy ta’lim yurtida sifati yuqori ta’lim berayotganligini namoyon etadi.

     

    Manba: Axborot xizmati