Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik xodimlariga AKT sohasining iqtisodiyot, eksport va import yo‘nalishlariga oid qonun hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi
    05.02.2021

    2021-yil 29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining iqtisodiyot, eksport va import yo‘nalishlariga oid qonun hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʼyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Markaziy apparati Iqtisodiyot va tariflar boshqarmasi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi rahbar va xodimlari ishtirokida onlayn shaklda oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    Dastavval o‘quv soati ishtirokchilarga amaldagi qonun hujjatlariga asosan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Jumladan, AKT va pochta bozorini Vazirlikning muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalari ko‘rsatib olindi.

    So‘ngra Vazirlik Markaziy apparati tuzilmasidagi Iqtisodiyot va tariflar boshqarmasi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limining asosiy vazifalari haqida aytib o‘tildi. Xususan, Iqtisodiyot va tariflar boshqarmasi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi o‘z faoliyatlarini quyidagi qonun hujjatlari asosida amalga oshiradi:

    • O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” Qonuni,

    • O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” Qonuni,

    • O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” Qonuni,

    • O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida” Qonuni,

    • O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida” Qonuni,

    • O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida” Qonuni,

    • O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi,

    • O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi,

    • O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorlari,

    • Buxgalteriya hisobining milliy standartlari,

    Ushbu qonun va normativ-huquqiy xujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi, AKT sohasiga va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatiga oid bandlari ko‘rib chiqildi.

    Tadbir savol-javob qismi bilan yakunladi.

     

    Manba: Axborot xizmati