Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik xodimlari uchun oʼquv soat tashkillashtirildi
    29.01.2021

    2021-yil 29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid investitsiya va taʼlim yoʼnalishlariga aloqador qonun hujjatlarining mazmun mohiyatini tushuntirish boʼyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Markaziy apparati Investitsiyalar, moliya va komplaens nazorati boshqarmasi hamda Ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va soha kardlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo'limi xodimlari ishtirokida onlayn shaklda oʼquv soati oʼtkazildi.

    O‘uv soatida Vazirlik markaziy apparati boshqarma va boʼlimlari, hududiy boshqarmalar va tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari va xodimlari, jami 1023 nafar soxa xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soatida sohaga oid 160 ta taʼlim yoʼnalishi, 52 ta investitsiya yoʼnalishiga aloqador qonun hujjatlari mavjudligi taʼkidlandi.

    Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 30 iyundagi PF–5099 son Farmoni;

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 29 apreldagi PF–5712-son Farmoni;

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʼzbekiston–2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 5 oktabrdagi PF–6079-son Farmoni;

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аxborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida” 2005 yil 2 iyundagi PQ–91-son qarori;

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʼini tashkil etish toʼgʼrisida” 2005 yil 28 sentyabrdagi PQ–191-son qarori;

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish toʼgʼrisida” 2014 yil 24 martdagi PQ–2155-son qarori;

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 15 martdagi PQ–2834-son qarori;

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Аmiti Universitetini tashkil etish toʼgʼrisida” 2019 yil 7 yanvardagi PQ–4097-son qarori;

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020/2021 oʼquv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʼgʼrisida” 2020 yil 12 iyundagi

    PQ–4749-son qarori.

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аxborot texnologiyalari sohasida taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ–4851-son qarori;

    Vazirlar Mahkamasining “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida” 2002 yil 7 noyabrdagi 385-son qarori;

    Vazirlar Mahkamasining “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 50 yilligi yubileyini nishonlash to‘g‘risida” 2004 yil

    22 dekabrdagi 598-son qarori;

    Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Inxa universitetining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014 yil 27 martdagi 72-son qarori;

    Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Inxa Universitetining faoliyatini tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasining Аsosiy kutubxonasini moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 2015 yil 5 avgustdagi 228-son qarori;

    Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʼarmasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 5 iyundagi 350-son qarori;

    Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

    2018 yil 24 iyuldagi 569-son qarori;

    Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibida Oʼzbek-Belarusь qoʼshma axborot texnologiyalari fakulьtetini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2019 yil 18 yanvardagi 46-son qarori;

    Vazirlar Mahkamasining “Kompьyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori va boshqa hujjatlar mazmun-mohiyati soxa xodimlariga tushuntirildi.

    Oʼtkazilgan o‘quv soati interaktiv usulda oʼtkazildi va soxa xodimlari oʼzlarini qiziqtirgan savolga o‘quv soatida yetarlicha javob olishdi.