Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati Yangiobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
    01.02.2021

    Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Yangiobod tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning viloyat filiallari rahbarlari ishtirok etdi.

    Tadbir boshida boshqarma boshlig‘i tomonidan sohada aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar to‘g‘risida axborot berib o‘tdi.

    Sayyor qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi nazoratga olindi.

     

    Manba: Axborot xizmati