Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan shahrida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochildi
    29.01.2021

    Bugun 29-yanvar kuni Namangan shahridagi 86-son maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib ot‘di.

    Maktabning ochilish marosimi bo‘lib o`tdi. Ochilish marosimida  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari J. Egamberdiyev, Namangan shahar hokimi O. Isayev, shuningdek keng jamoatchilik hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida tashkil etildi.

    Maktab mahalliy mablag‘lar hisobidan kapital ta’mirlanib, qaror bilan belgilangan xomiy tashkilotlar “UMS” MChJ tomonidan o‘quv xonalari to‘liq jixozlandi.

    Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jixozlangan va yukori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan sinf xonalari, robototexnika xonasi, raqamli kutubxona, o`quvchilarga informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqur o‘zlashtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati