Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo tumanida sayyor qabul oʼtkazildi
    29.01.2021

    Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning viloyat rahbarlari ishtirok etdi.

    Tadbir boshida boshqarma boshligʼi tomonidan sohada aholi va tadbirkorlik subʼektlariga qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar toʼgʼrisida axborot berib oʼtdi.

    Sayyor qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, oʼrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.

     

    Manba: Axborot xizmati