Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti professorlari aqlli agrometeorologik stansiyalarni taqdim etishdi
    27.01.2021

    Toshkent shahridagi Inxa universitet professorlari Jasurbek Xo‘jayev va Sarvar Abdullayev atrof muhitning turli parametrlarini onlayn monitoring va tahlil qilish uchun aqlli yechimlarni taqdim etdilar.

    Ular tomonidan ixtiro qilingan “aqqli” “OXUS-2” nomli meteostansiyasi atrof muhitdan meteorologik turli ma’lumotlarni, jumladan, havo haroratini, nisbiy namlik, ifloslanish, tezlik va yo‘nalishini, atmosfera bosimini, tuproq namligini va hokazolarni avtomatik ravishda yig‘ish va qayta ishlash, barcha ma’lumotlarni real vaqtda saqlash hamda tahlil qilish imkonini beradi.

    Mazkur ixtiro qator imtiyoz va fazilatlarga ega. Birinchidan, ekologik tozaligi jihatidan, chunki uni quyosh energiyasi ta’minlab beradi. Ikkinchidan, interfaollik jihati, chunki barcha ma’lumotlar virtual bulutli muhitida saqlanganligi uchun interfaollik xususiyatiga ega. Shuning uchun fermerlar istalgan vaqtda kerakli ma’lumotlarni onlayn rejimida olishlari mumkin.

    “OXUS-2” texnologiyalari agronomlarning ishini yengillashtiradi, ish jarayonini optimallashtiradi, qishloq xo‘jaligi va boshqa tadqiqotlarning kunlik vazifalarini samarali bajarishga yordam beradi. Shuningdek, ma’lumotlardan foydalanib agronomlar tanlangan hududda kasalliklar va zararkunandalarning tarqalishini bashorat qila olishadi.

    Ayni paytda oltita mahalliy standartdagi agrometeorologik stansiyalar o‘rnatilib, ishga tushirildi va joriy yil oxiriga qadar Farg‘ona vodiysi hududlarida fermerlar uchun yana 9ta agrometeorologik stansiyani o‘rnatish rejalashtirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati