Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT kadrlarni tayyorlashda yanada ko‘p muhim vazifalar oldimizda turibdi
    26.01.2021

    Davlatimiz rahbariyati tomonidan yoshlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezident o‘z ma’ruzalarida ta’kidlaganidek, iqtisodiyotni tubdan takomillashtirish eng muhim omillaridan biri axborot-texnologiya va raqamli texnologiyalardir. Shuning uchun kelajagimiz bevosita AKT va ularga tayangan mutahassislar bilan bevosita bog‘liq.

    2021-yil yurtimizda Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilingan. Shu tarzda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021-yilda ham iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishlari izchil davom ettiriladi.

    AKT sohasida oxirgi yutuqlarga asoslangan holda va malakali IT kadrlarga yuqori bo‘lgan talabni qondirish maqsadida ta’lim sohasini takomillashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Shu qaror asosida, respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Shunga ko‘ra, 2020-yilda mazkur yo‘nalishda 14 ta tayanch maktablar ochildi, 2021-2023 yillarda esa respublika bo‘yicha jami 205 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi belgilangan.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Xalq ta’limi vazirliklari, hamda Davlat test markazi hamkorligida tasdiqlangan qabul kvotalari asosida qishki ta’til kunlarida ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan edi.

    Shuningdek, 20-yanvar kuni kuni Buxoro shahridagi 7-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab maqomi berildi. Eng zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan sinf xonalari, robototexnika xonasi, raqamli kutubxona, faollar zalida o‘quvchilarga informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqur o‘zlashtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Tanlov asosida mazkur ilm maskaniga informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 1 ta sinfda 30 nafar o‘quvchi qabul qilindi.

    Keng qo‘lamli ishlarni olib borishda, shubhasiz, yuqori malakali kadrlarga talab oshib kelmoqda. Shundan kelib chiqib bosqichma-bosqich o‘qituvhilarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyarga o‘qitish va IT sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning sonini ko‘paytirish maqsad qo‘yilgan. Jumladan, IT sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning sonini 2021-yilda 250 taga, 2022-yilda 350 tagacha va 2023-yilda esa 450 tagacha ko‘payitirilishi belgilangan.

    Shu bilan birga Respublika miqyosida IT mutahassislarni keng tayyorlash ishlari ham faol ravishda amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezident tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbusning uchinchi yo‘nalishi – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha respublika bo‘yilab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda, va hozirgi kunda ularning soni 108 ga yetdi. Mazkur o‘quv markazlarda mahalliy yoshlar uchun AKT asoslarini o‘rgatish hamda IT mutahassislarning malakasini oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular zamonaviy kompyuter jihozlari va Internet aloqa bilan ta’minlangan. Mahalliy yoshlarni AKT asoslariga samarali o‘rgatish va zamonaviy bilim berish maqsadida qator dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha 19 ta ta’lim dasturlari ishlab chiqilgan, jumladan, dasturlash, kompyuter grafikasi, robototexnika asoslari, mobil va veb ilovalarni ishlab chiqarish va boshqalar.

    IT mutahassislarni keng tayyorlash loyihalar qatorida “Bir million dasturchi” (One Million Uzbek Coders) muhim o‘rin tutadi. Mazkur yirik loyiha O‘zbekistonda 2019-yil noyabr oyida ishga tushirilib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Qo‘shma Arab Amirliklarining “Dubai Future Foundation” jamg‘armasi ko‘magida va IT Park qoshidagi IT Akademiyasi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-texnologiya fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab bilan hamkorligida amalga oshirilmoqda.

    Loyiha doirasida dasturlashni masofaviy ravishda o‘rgatish uchun www.uzbekcoders.uz portal hamda o‘zbek tilidagi Udacity.com xalqaro ta’lim platformasi ishga tushirilgan. Birinchi bosqichda loyiha doirasida to‘rtta dolzarb IT yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berishi yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni FrontEnd, FullStack, Android dasturlash hamda Ma’lumotlarni tahlil qilish (Data Analysis). Umumiy kurs 120 soatga mo‘ljallangan.

    One Million Uzbek Coders dasturining birinchi yili juda sermahsul bo‘ldi. Loyiha 120 mingdan ortiq tinglovchilarni jamlab, ulardan 18 mingtasi muvaffaqiyatli ravishda kurslarni tamomladi. To‘rtta saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi, va ularning natijalari bo‘yicha Udacity Nanodegree dasturi bo‘yicha bepul o‘qishni qo‘lga kiritganlar tanlab olindi. Yaqin ikki yilda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 300 ming nafar yoshlar kompyuter dasturlash asoslariga bepul o‘qitiladi.

    Hozirgi kunda O‘zbekistonda yoshlarga zamonaviy bilim egallash uchun barcha sharoitlar yaratilayotganligi ijobiy baholasa bo‘ladi. Prezident ta’kidlaganidek, aynan yoshlar zamonaviy bilim va taraqqiyot choʻqqilarini egallab, oʻz amaliy ishlari, gʻayrat-shijoati bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar boʻlishini isbotlaydi.

    Manba: Axborot xizmati