eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    21.01.2021

    Google Fitbit kompaniyasini sotib oldi

    Google kompaniyasi fitnes trekerlarni ishlab chiqaradigan Fitbit kompaniyasini $2,1 mlrd.ga sotib olingani to‘g‘risida ma’lum qildi. Ikki kompaniya vakillari so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror foydalanuvchilarning mahfiy ma’lumotlarini sirli saqlab turishga mutlaqo ta’sir qilmaydi. 

    Shuningdek, Fitbitning ta’sischilaridan biri va bosh direktori James Park ta’kidlaganidek, kompaniya iPhone va Android operatsion tizimlari bilan ishlaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni davom etadi.

     

    Xitoyda soatiga 620 km tezlikda harakatlanadigan poyezdning prototipini taqdim etishdi

    Szyaotun Janubiy-G’arb universitetida magnit “yostiqcha” texnologiyasi asosida ishlaydigan poyezdning prototipini ishlab chiqarishdi. Poyezd bemalol soatiga 620 kmgacha tezlikni oshirishi mumkin. Keyinchalik ixtirochilar tezlikni soatiga 800 kmgacha oshirishga maqsad qilib qo‘yishgan. https://www.scmp.com/news/china/science/article/3117620/chinese-prototype-shape-maglev-train-tech-come

    O‘ta tezyurar poyezd Xitoy shaharlari o‘rtasida temir yo‘l qatnov tizimi tarkibiga kiritilishi mumkin. Mazkur poyezd uchun magnit liniyani qurish qiymati $38,6 mln.dan $46,3 mln. gacha atrofida baholanmoqda. Bu esa “oddiy” tezyurar poyezdlarning narxidan qimmatroq (bir qilometr narxi $30,9 mln. ni tashkil etadi). Ammo muhandislar so‘zlariga ko‘ra, mazkur liniyalarning ekspluatatsiyasi ommalashsa, unda qurilish ishlarning qiymati pasayishi mumkin.

    Tez harakatlanadigan poyezd haqida mahsus videolavhahttps://youtu.be/ihSPEWyTRwk

     

    DuckDuckGo qidiruv tizimi o‘z rekordini yangiladi

    DuckDuckGo qidiruv tizimi kuniga foydalanuvchilar tomonidan kelib tushgan 100 mln. dan ortiq murojaatlarni qabul qilib va ishlov berib, ilk marotaba o‘z rekordini yangiladi. Qidiruv tizimining ko‘rsatqichlari ikki yil ichida izchillik bilan o‘sib borgan, 2020-yil avgustdan boshlab ushbu raqamlar keskin ravishda o‘sgan. 

    So‘ngi oylarda DuckDuckGo tizimiga oyiga 2 mlrd. dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Tahlilchilar buni qidiruv tizimining Android va iOS, hamda Chrome brauzeri uchun mahsus versiyalarning ishga tushganligi bilan bog‘lamoqda. Bundan tashqari, DuckDuckGo qidiruv tizimida foydalanuvchilarning ma’lumotlarni mahfiyligini saqlash siyosati ham uning o‘sishiga ijobiy ta’sir qilmoqda.

     

    Apple va Hyundai 2024-yilda elektromobillarni ishlab chiqarishni boshlaydi

    Apple va Hyundai Motor 2024-yildan boshlab birgalikda elektromobillarni ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuvni imzoladi. Yiliga 400 mingta elektromobilni ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. 


     

    Kriptovalyuta bozorining hajmi $1 trln. dan oshdi

    Kriptovalyuta bozorining umumiy qiymati ilk marotaba $1 trln. dan oshdi

    Mazkur bozorining eng qimmatbaho aktivi bitcoin kriptovalyuta hisoblanadi, va uning narxi 41 ming dollargacha o‘sib, bozordagi ulushi esa $700 mlrd ga teng.

    Shu bilan birga ikkinchi yetakchilik o‘rnini egalluvchi efirium (Ether) kriptovalyutasining narxi ham tobora o‘sib bormoqda va hozirda 1300 dollarga teng, ulushi esa $153 mlrd gacha yetdi. Kriptovalyuta bozorining kuchli beshtalik orasida steyblekoin Tether (ulushi - $24,4 mlrd), Litecoin (ulushi - $11 mlrd) va Bitcoin Cash ($8 mlrd) ham kiradi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati