Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro shahrida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi
    20.01.2021

    Buxoro shahrida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi

    Bugun, 20-yanvar kuni kuni Buxoro shahridagi 7-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab maqomi berildi.

    Ushbu ta’lim muassasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov hamda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovlar ishtirok etdilar.

    Ishtirokchilar va mehmonlar ilm maskanida yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

    Eng zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan sinf xonalari, robototexnika xonasi, raqamli kutubxona, faollar zalida o‘quvchilarga informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqur o‘zlashtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Ilm maskanidagi bu kabi imkoniyatlar ixtisoslashtirilgan maktabning samarali faoliyat yuritishida, o‘quvchilarning “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasida ishtirok etib, dasturlash yo‘nalishida ham o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Xalq ta’limi vazirliklari, hamda Davlat test markazi hamkorligida tasdiqlangan qabul kvotalari asosida qishki ta’til kunlarida maktabga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan edi.

    Tanlov asosida mazkur ilm maskaniga informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 1 ta sinfda 30 nafar o‘quvchi qabul qilindi.

    Tantanada saralash tanlovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli o‘quvchilarga, shuningdek, “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasida faol ishtirok etgan o‘qituvchi va o‘quvchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

     

    Ma’lumot uchun:

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ-4851-sonli “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-2024 yillar mobaynida har bir tuman shaharlarda bittadan informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish rejalashtirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati