Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti universitetida umumta’lim maktablari direktorlari bilan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi
    13.01.2021

    Toshkent shahridagi Amiti  universitetida umumta’lim maktablari direktorlari bilan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tadbir Birlashgan Arab Amirligining Dubay va Abu-Dabi shaharlarida joylashgan Amiti maktablari bilan birgalikda onlayn tarzda olib borildi. Seminarda 170 dan ortiq maktablardan direktor va xodimlar ishtirok etdilar.

    Seminarning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida AKT yo‘nalishini rivojlantirish, matematika va ingliz tili fanlariga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi.

    Uchrashuvda Amiti universiteti rahbariyati hamda Dubay shahridagi Amiti maktabining direktorlari va mutaxassislari o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar hamda global ta’lim tendensiyalari haqida ma’lumot berdilar.

    Seminar yakunida nafaqat ikki ta’lim muassasasi vakillari o‘rtasida, balki ikki mamlakatning malakali o‘qituvchilari bilan birgalikda talaba va maktab o‘quvchilariga turli sohadan qiziqarli tadbir va treninglar o‘tkazish maqsad qilib qo‘yildi.

    Ushbu tadbir Toshkent shahridagi Amiti universiteti tomonidan maktablar uchun amalga oshirilayotgan ko‘makning boshlanishi bo‘lib, kelgusida axborot texnologiyalari, matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun chuqurlashtirilgan dasturlar ishlab chiqariladi, shuningdek maktab o‘quvchilari uchun alohida o‘quv kurslari joriy etiladi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati