Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yoshlar daftari” platformasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda
    07.01.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqqa Murojaatnomasi hamda Yoshlar forumida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan rahbarlar uchun davlat idoralari rahbarlari ishtirokida ikki kunlik o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur o‘quv seminarida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM rahbari Bahrom Ziyaev ishtirok etib, yoshlarni qo'llab-quvvatlashga mo‘ljallangan “Yoshlar daftari platformasini taqdim etdi.

    Ma’ruzachi ta’kidlaganidek, «Yoshlar daftari» platformasiga Davlat test markazi va qo'shimcha ravishda 13 ta manzilli idoralardan olingan ma'lumotlari asosida 16 dan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarimiz qamrab olinib, ularning reestri shakllantirilmoqda. Shu tariqa endi yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qiziqishi, qaerda yashashi, nima ish bilan shug‘ullanayotgani to‘g‘risida ma'lumotlar bazasi yaratiladi. Tizimda butun respublikamiz yoshlari haqidagi ma'lumotlar raqamli shakllanib, yangilanib boradi. 

    Ma’ruza yakunida savol-javob qismida tinglovchilari savollariga batafsil javob berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati