Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyati oliygohlarida IT-Inkubatsiya markazlari tashkil etildi
    06.01.2021

    Oliy o‘quv yurtlarida ochilayotgan IT-Inkubatsiya markazlari yana ikkitaga ko‘paydi. Andijon viloyatining Andijon mashinasozlik instituti va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida navbatdagi IT-inkubatsiya markazlari ochildi.

    Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasi rahbar va xodimlari, Andijon Mashinasozlik instituti va Andijon Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rahbariyati hamda o‘qituvchi-murabbiylar va axborot texnologiyalariga qiziquvchi talabalar ishtirok etishdi.

    Mazkur markazlarda o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar xonasi mavjud bo‘lib, zamonaviy kompyuter jamlanmasi, 3D printer, taqdimot doskalari, proyektor va boshqa texnologik qurilmalar bilan jihozlangan.

    Bu yerda ilg‘or biznes g‘oyalar va innovatsion ishlanmalarni monitoring qilish, tanlash va inkubatsiya qilish, yoshlar biznes va startap jamoalarini shakllantirish, interaktiv IT kurslarni tashkil etish va yosh olimlarga texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, markazlarda yosh tadbirkorlarga konsalting xizmatlarni ko‘rsatish, shartnoma asosida turli sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, IT-Inkubatsiya markazlarning a’zolarini xalqaro grantlar, ilmiy-tadqiqot loyihalari, tanlovlari va konferensiyalarga jalb qilishi ham ko‘zda tutilgan.

    Tadbir doirasida talabalar hamda yosh olimlar tomonidan tayyorlangan IT loyihalar bilan tanishildi hamda loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati